Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini qaytarib berishga chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Dushanbe shahrida SHHTdagi yig‘ilishda qilgan maʼruzasida Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini qaytarib berishga chaqirdi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini qaytarib berishga chaqirdi

 

 

Prezidentning fikricha, bu Afg‘onistondagi gumanitar inqirozning oldini olishga ko‘mak beradi. Shavkat Mirziyoyev real vaziyatdan kelib chiqib mamlakatning yangi hukumati bilan muloqot o‘rnatish zarurligini taʼkidlagan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Toshkentda Afg‘oniston-SHHT shaklida oliy darajali uchrashuv tashkil etishni taklif qilgan.  

 

O‘zbekiston Prezidenti SHHT doirasida bir qancha davlat rahbarlari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Jumladan, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan qo‘shni respublikadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

 

Afg‘onistonda gumanitar vaziyat tobora yomonlashib bormoqda. Turli davlatlar mamlakatga yordam jo‘natib turibdi. Xususan, O‘zbekiston 14 sentyabrda 1.3 ming tonna ko‘mak berdi. Shuningdek, BMT afg‘on xalqi uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar mablag‘ ajratishini eʼlon qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика