
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 27-sentabr kuni Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.
Keyingi kunlari Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham saylovoldi uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari korxonalar faoliyati, bunyodkorlik ishlari, mahallalar hayoti bilan ham tanishadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgani, SamDUga Sharof Rashidov nomi berilishi hamda Prezident Samarqanddagi eng og‘riqli muammolarni sanagani haqida xabar bergan edik.


