1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari bilan telefonlashdi

Muloqotda chegarada yuz bergan otishma muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari bilan telefonlashdi

 

Bugun, 20-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlar bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezidet matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Mamlakat yetakchilarilari tojik–qirg‘iz chegarasida ro‘y bergan fojiali voqealar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Davlat rahbari insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashildi.

 

Tojikiston Prezidenti bilan suhbatda energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperasiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish bo‘yicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

 

Sadir Japarov bilan muloqotda ustuvor yo‘nalishlardagi kooperasiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, shu jumladan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish muhimligi alohida ta’kidlandi.

 

Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi, shu jumladan, mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi ham ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика