1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “Zug‘ulba” qarorgohida rasmiy kutib olindi

Shundan so‘ng Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama uchrashuv boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev “Zug‘ulba” qarorgohida rasmiy kutib olindi

 

“Zug‘ulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.

 

Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

 

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.

 

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика