1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Shaxmat turnirida kimlar xalqaro talabalarni bajardi?

Bugun yakuniga yetgan shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan anʼanaviy xalqaro turnirda 5 nafar ishtirokchi FIDE talablarini bajardi. Quvonarlisi, ularning to‘rt nafari o‘zbekistonlik shaxmatchilar.

Shaxmat turnirida kimlar xalqaro talabalarni bajardi?

Jumladan, Nilufar Yoqubboyeva ayollar o‘rtasida grossmeysterlik, erkaklar o‘rtasida xalqaro master talabini bajardi.

Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov va Bobur Sattorov esa xalqaro master talabini bajargan shaxmatchilarga aylandi.

Shuningdek, xalqaro turnirda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan tojikistonlik Muhammad Xusenxodjayev xalqaro grossmeyster talabini bajardi.

Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasida ularga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика