Unda jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamg‘armasi 189 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi bahslarda Homidjon Mo‘minov (-64 kg), Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulug‘bek Rahmonov (-79 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) kumush medal sohibi bo‘ldi.
Musobaqa reglamentiga binoan sportchilarimizga kumush medal bilan birga 7 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti ham berildi.


