1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani uchirdi

So‘nggi bor KXDR 5 yanvar kuni gipertovushli qurol sinovini o‘tkazgandi.

Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani uchirdi

 

Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 07.27 da KXDR ichki hududlaridan ballistik raketa uchirilgan. U Yapon dengiziga borib tushgan. Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasining maʼlum qilishicha, bu Shimol armiyasining qishgi mashg‘ulotlarining bosqichi bo‘lishi mumkin.

 

Shimoliy Koreya so‘nggi bor 5 yanvar kuni raketa sinovi o‘tkazgandi. Ushbu raketa ham Yapon dengizi tarafga uchirilgan. 6 yanvarda Pxenyan gipertovushli raketa sinovi o‘tkazilganini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика