
Yaponiya dengiz xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, birinchi va ikkinchi raketa otilishi o‘rtasidagi vaqt 5 daqiqani tashkil etgan. Hozircha ularning tushgan nuqtasi aniq emas. Rasmiy Tokio bu balisstik raketa bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Yapon dengizi akvatoriyasida hodisadan keyin hech qanday seysmik o‘zgarish yuz bermagan. Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, raketalar Yaponiya alohida iqtisodiy zonalari suvlariga tushgan. Bosh vazir Yosixide Suga Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga buyruq berdi. Pxenyan hozircha hech qanday bayonot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shimoliy Koreya yangi raketa sinovi o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev


