
Maʼlum qilinishicha, eng kamida bitta nomaʼlum turdagi snaryad otilgan. Shu bilan birga uning turi va qayerdan otilgani haqida maʼlumot keltirilmagan.
Yaponiyaning “Kiodo” nashri taxminiga ko‘ra, bu ballistik raketa bo‘lishi mumkin.
AQSH sinovlarga munosabat bildirib, uning mintaqa va butun dunyoga xavf solishini maʼlum qildi.
Shimoliy Koreya yadro dasturi global dunyoning asosiy muammmolaridan biri. Jozef Bayden BMTdagi chiqishida Koreya yarimorolini yadrodan holi hudud bo‘lishi zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ikki koreys davlati o‘rtasidagi urushni rasman tugatishni taklif qildi.
Avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga raketa uchirgani va Kim Chen Inning singlisi Seulga shart qo‘ygani xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


