1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreyadan tonggi syurpriz: ballistik raketa sinovlari o‘tkazildi

KXDR 19 oktabr kuni Yapon dengizi tarafga ballistik raketa otdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreyadan tonggi syurpriz: ballistik raketa sinovlari o‘tkazildi

 

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati raketa otilgan tomonda bo‘lgan barcha kemalarni turli metall parchalari tushishidan ogohlantirgan.

 

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida hozirda holat yuzasidan o‘rganish olib borilayotganini maʼlum qilgan. Shuningdek, bosh vazir devonxonasi huzurida favqulodda shtab ish boshlagan.

 

Yaponiya hukumati aʼzosi Yosixiko Isodzaki raketa sinovlari BMT rezolyutsiyalarini buzish sifatida baholadi va Yaponiya nomidan diplomatik norozilik bildirdi.

 

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari  raketa suvosti kemalaridan otilganini qayd etgan. Seul AQSH bilan hodisani birgalikda tahlil qilishini maʼlum qilgan.

 

Bundan avval Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSHni tanqid qilgani hamda Vashingtonda Shimoliy Koreya bo‘yicha muzokara o‘tkazilishi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика