1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Shimoliy oqim-2" ishga tushmaydi — Germaniya hukumati

Loyiha 22 fevral kuni to‘xtatib qo‘yilgandi.

"Shimoliy oqim-2" ishga tushmaydi — Germaniya hukumati

 

Germaniya "Shimoliy oqim-2" loyihasini ishga tushirmaydi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.

 

"Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi barchamiz uchun chaqiriq hisoblanadi. Bizni oldinda og‘ir oylar kutayotgani aniq", — degan u.

 

Shu bilan birga Berlin yoqilg‘i yetishmovchiligining oldini olish maqsadida qator choralarni ko‘rgani taʼkidlangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Shimoliy oqim-2” to‘liq qurib bitkazilgan bo‘lsa-da, ishga tushirilmadi. Bunga Rossiyaning “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olishi sabab bo‘ldi. 22 fevral kuni Germaniya ushbu gaz quvurini sertifikatlashni to‘xtatib qo‘ydi.

 

Avvalroq Polsha Angela Merkelni "Shimoliy oqim-2" bo‘yicha pozitsiyasi uchun tanqid qilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика