
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi, yaʼni tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zangiotalik fuqaro 915 million so‘mlik “Remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga uringani va yarim tunda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib yurgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzaxda talab yuqori dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


