1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sholts: Moskva — ishonchsiz hamkor

Germaniya kansleri gaz yetkazib berish masalasi haqida gapirdi.

Sholts: Moskva — ishonchsiz hamkor

 

 

Germaniya kansleri Olaf Sholts Rossiyani ishonchsiz gaz yetkazib beruvchi deb atadi. Shuningdek, u Moskvaning gaz eksportini qisqarishiga ko‘rsatgan sabablarini shubhali sifatida baholagan. 

 

“Bugungidan ishonchliroq bo‘lmaydi. Agar shartnoma bajarilmasa, hech narsaga umid qilmaslik kerak”, — degan kansler Berlindagi matbuot anjumanida.

 

Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, RFda yonilg‘i yetkazib berish uchun barcha texnik imkoniyatlar mavjud. 

 

“Germaniyaga yetib keladigan bir qancha gaz quvurlari bor. Ular Rossiyaning majburiyatlarni bajarishi uchun yetarli. Bu bo‘yicha texnik muammolar hech qachon bo‘lmagan”, — deb qayd etgan Sholts.

 

Avvalroq Vladimir Putin Yevropa energetika siyosatini tanqid qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика