Germaniya kansleri Olaf Sholts Germaniya endi Rossiya gaziga qaram emasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin hozirda energiya narxini pasaytirish, jumladan, boshqa davlatlar bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish ustida ishlamoqda.
Bundestagdagi nutqi davomida kansler Yevropa Ittifoqi gaz isteʼmolini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini eslatdi.
"Biz bu qaramlikdan xalos bo‘ldik va qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda kiryapmiz”, — dedi janob Sholts.
Fuqarolarga energiya tejaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, “biz birgalikda gaz sarfini 20 foizga kamaytirishga harakat qilamiz”, — deb taʼkidladi.
Germaniya hukumati rahbariningqo‘shimcha qilishicha, Yevropa pandemiya jamg‘armasi mablag‘lari energiya inqirozini yengish uchun ishlatilishi kerak.
Avvalroq Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Rossiyadan gaz sotib olib to‘g‘ri qilganini aytgandi.


