1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sholts: Ukrainaga Rossiya hududlariga zarba beradigan qurollar taqdim etilmaydi

U buni eskalatsiyani kuchaytirmaslik bilan bog‘lagan.

Sholts: Ukrainaga Rossiya hududlariga zarba beradigan qurollar taqdim etilmaydi

 

Germaniya Ukrainaga Rossiya hududlariga zarba beradigan qurollarni yetkazib bermaydi. Bu haqda kansler Olaf Sholts Magdeburgdagi chiqishida maʼlum qildi.

 

U asosiy maqsad Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini qayta tiklash ekanini aytgan.

 

“Prezident Bayden aniq reja qo‘ygan: u Rossiya hududini o‘qqa tutish mumkin bo‘lgan qurollarni yetkazib bermasligini aytgandi. Men ham bunga qo‘shilaman”, – degan Sholts.

 

Kansler RFga zarba beradigan qurollarni taqdim etish eskalatsiyani kuchaytirishini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Sholts Putinga Ukraina masalasida qanday vaʼda bergani ochiqlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика