Yadro qurolini qo‘llash mutlaqo mumkin emas. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Sholts Pragadagi Yevroittifoqning norasmiy sammiti yakunida maʼlum qildi.
U Rossiya tomonidan kelayotgan yadro tahdidini barcha birgalikda to‘xtatishi lozimligini, aks holda butun dunyo katta xavf ostida qolishini taʼkidlagan. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, sammitning barcha ishtirokchilari Ukrainaga siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tasdiqlagan.
Shu bilan birga Sholts Yevropa davlatlari, jumladan, Germaniya ham Ukraina sharqida o‘tkazilgan “referendumlar”ni tan olmasligini qayd etgan.
Avvalroq Germaniya kansleri Ukrainaga nemis tanklari berilmasligi sababini ochiqlagandi.
