1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shoygu Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlarini ochiqladi

So‘nggi marta bahorda  bu haqda maʼlumot berilgandi.

Shoygu Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlarini ochiqladi

 

5937 nafar rossiyalik Ukrainada halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maʼlum qildi.

 

Shu bilan birga vazir Ukraina yo‘qotishlarini ham ochiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 61 mingdan ortiq ukrain askarlari halok bo‘lgan. shuningdek, 2 mingdan ortiq xorijlik yollanma jangchilar yo‘q qilingan.

 

Shoygu bugun eʼlon qilingan qisman safarbarlik natijasida 300 ming kishi armiya saflariga jalb qilinishini, bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiyada qisman harbiy safarbarlik eʼlon qilindi. Bu haqda Vladimir Putin tegishli qaror imzolagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика