Shvetsiyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Peter Xultkvist maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha davlatda Kiyev uchun qurol ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Xususan, Xultkvist Shvetsiyadan tashqari, Slovakiya, Chexiya va Polshada bunday imkoniyat mavjudligini qayd etgan.
Gap birinchi navbatda artilleriya tizimlari haqida ketmoqda. Shvetsiya mudofaa vaziri ushbu davlatlardagi ishlab chiqarish quvvatlaridan Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish mumkin bo‘lgan qurollar uchun foydalanish zarurligini aytgan.
Avvalroq Bayden Isroildan Ukrainani qurol bilan taʼminlashni so‘ragandi.


