Ushbu holat Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani 9-son maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Oqoltin tumani 9-son maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qituvchilar maktabda “o‘z xohishi bilan” bodom tergandi.


