Yuzaga kelgan bu kelishmovchilik mahalladoshlar orasida uzoq vaqt davom etadi.
Kunlarning birida galdagi tortishuvida jahlni o‘z vaqtida jilovlay olmagan Shorasul Sunnatning o‘ng oyog‘iga oshxona pichog‘i bilan tan jarohat yetkazadi. Otaga hamroh bo‘lgan Sunnatning o‘g‘li Zuhriddin qo‘lidagi temir quvur bilan Shorasulning bosh miya qismiga qasddan uradi. Oqibatda, Shorasul bosh miya ochiq tan jarohati bilan jonlantirish bo‘limiga yotqiziladi. Shifokorlarning ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov jarayonlari davom etmoqda.
Avvalro Qamashida 17 yoshli qiz qo‘shni yigitni 29 marotaba pichoqlagani hamda Qarshida bar xodimi mehmonni pichoq bilan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


