Ma’lum qilinishicha, Somalining Xiran viloyatidagi aeroport “Ash-Shabob” terrorchi guruh jangarilari tomonidan portlatilgan. Oqibatda aeroport to‘liq vayron bo‘lib, 1 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, ikki kishi yaralangan.
“ terrorchilar Buloburd aeroportini vayron qilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan va 2 kishi yaralangan”,- Dalsan telekanali axborotida.
“Ash-Shabob” Somali davlatida faoliyat yuritadi. Ushbu guruh “Al-Qoida” xalqaro terroristik tashkiloti bilan mustahkam aloqalarga ega. U Somali markaziy hukumatiga qarshi faoliyat olib boradi. Bu o‘z navbatida BMT gumanitar yordam berishiga katta qiyinchilik tug‘dirmoqda. AQSH doimiy ravishda “Ash-Shabob” marralariga zarba berib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Kobul aeroportida terakt sodir etilgandi. Oqibatda yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Teraktga javobgarlikni ISHID zimmasiga oldi.
Somalida terrorchilar aeroportni to‘liq vayron qildi
Terrorchilar Somali markaziy qismidagi aeroporti portlatib yubordi. Bu haqda Dalsan telekanali ma’lumotlariga tayanib, “Ria Novosti” xabar bermoqda.


