Bu haqida “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatiga tayanib Sputnik Afganistan xabar tarqatdi.
Unda aytilishicha, 260 km. 500 kV "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha shartnoma 2017 yil dekabr oyida imzolangan.
Mazkur loyihada O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini 70 foizga, yiliga esa 6 milliard kVt/soatgacha oshirish mo‘ljallangan.
Uni tadbiq etish muddati 2 yil bo‘lib, ayni vaqtda 45 kilometrlik O‘zbekiston uchastkasining qurilishi allaqachon yakunlangan.
Loyihaning narxi taxminan 150 million AQSH dollari bo‘lib, 2020 yil oktyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki Kobulga loyihani amalga oshirish uchun 110 million dollar ajratgan.
Mablag‘larning asosiy qismi loyiha bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshiriladigan qurilish ishlariga sarflanishi rejalashtirilgan edi. Afg‘onistondagi mojaroli vaziyat tufayli loyiha ishlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Avvalroq O‘zbekiston “Tolibon” bilan kelishuv asosida 150 qochqinni Afg‘onistonga qaytargani hamda mamlakatimiz Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


