1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Starlink Venesuelaga bepul internet taqdim etadi

Bu qaror Elon Musk tomonidan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi.

Starlink Venesuelaga bepul internet taqdim etadi

SpaceX kompaniyasining telekommunikatsiya bo‘limi Starlink 3-fevralgacha Venesuela aholisi uchun bepul va uzluksiz keng polosali internet xizmatini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

 

Elon Musk ushbu qarorini Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlash niyati bilan izohladi. Milliarder o‘zining X ijtimoiy tarmoq sahifasida: “Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun” deb yozdi va post oxiriga Venesuela bayrog‘ini qo‘shgan.

 

3-yanvarga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar Venesuelada harbiy operatsiyani boshladi. Karakas va boshqa strategik hududlardagi nishonlarga raketa zarbalari berildi, natijada prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketildi.

 

AQSh Bosh prokurori Pam Bondi ta’kidlaganidek, Maduro va Flores “narkoterrorizm, qurol saqlash va giyohvand moddalar kontrabandasi” bo‘yicha ayblanib, Qo‘shma Shtatlarda sud qilinadi.

 

Shu bilan birga, Venesuela Oliy sudi Konstitutsiyaviy palatasi vitse-prezident Delsi Rodrigesni vaqtinchalik prezident etib tayinladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика