Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi alyansning shimoldagi mavqeini mustahkamlaydi. Bu haqda Yens Stoltengberg maʼlum qildi.
“Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi bilan Arktika atrofidagi 8 davlatning yettitasi alyans aʼzosiga aylanadi. Ularning aʼzoligi bizning shimoldagi pozitsiyalarimizni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, Boltiq dengizidagi ittifoqchilarimizni kuchaytiradi”, – degan NATO bosh kotibi.
Maʼlumot o‘rnida: 2022 yil iyun oyida Shvetsiya va Finlyandiya NATOga aʼzo bo‘lish istagini bildirdi. Alyansning Madriddagi sammitida ishtirokchi davlatlar bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga Turkiya ushbu ikki davlatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilishi jarayonini sekinlashtirib turibdi. Bunda kurdlar masalasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.
Avvalroq Stoltenberg Ukraina mojarosi qachon tugashi nomaʼlumligini aytgandi.


