NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi mojaro yakunlanishi bo‘yicha savolga javob bera olmadi.
Bosh kotibning Vijesti gazetasiga intervyusida jurnalist undan mojaro yakunlanishi bo‘yicha aniq muddatlarni so‘ragan.
"Ukrainadagi urush qancha davom etishini oldindan aytish qiyin va uning uzoq istiqboldagi taʼsirini ham baholash mushkul. Qancha bo‘lmasin, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish muhim. Albatta, biz ko‘rsatayotgan harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam qimmatga tushmoqda, ammo undan voz kechish yana-da qimmat bo‘lardi",— degan alyans rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish Yevropani yana-da zaiflashtirgan bo‘lardi.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Rossiyaga ogohlantirish bilan chiqqandi.


