1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya Turkiyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi

Suriya Turkiyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Faysal Mikdad aytib o‘tgan.

Suriya Turkiyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi

 

 

Mikdad Idlib viloyatida vaziyat keskinlashuvi ortidan shunday bayonot berdi. "Fikrimcha, Turkiya Suriyadagi qo‘shinlarini darhol olib chiqib ketishi kerak. Xalqaro hamjamiyat Damashqning mamlakat shimolidagi bosib olingan hududlarni ozod qilishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab- quvvatlashi zarur", - degan tashqi ishlar vaziri.

 

Mikdad vaziyatning keskinlashuviga Turkiyani asosiy sababchi sifatida ko‘rmoqda.

 

Bundan avval, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrif buyurishi xabar qilingan edi. U Sochida Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Suriya shimolidagi vaziyat uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

 

Bundan avval Suriya Prezidenti Bashar Asad Moskvaga kutilmagan tashrif bilan kelgan edi.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика