
Suraxondaryo viloyatida Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 1 sentyabr kuni M-39 avtomobil yo‘lining 1352-kilometrida yuz bergan. Damas haydovchisi uxlab qolishi oqibatida harakatlanib ketayotgan “KamAZ”ning orqasiga borib urilgan.
Oqibatda mashinada bo‘lgan haydovchining o‘g‘li olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.
Avvalroq Chilonzor tumanida “Matiz” va “Nexia-3” sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida har ikki haydovchi va “Matiz” yo‘lovchisi kasalxonaga olib ketilgani hamda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida haydovchining xavfli harakatlari ortidan yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgani to‘g‘isida xabar berilgandi.


