Subsidiya BHMning 40 baravarigacha miqdorda bo‘lib, u 10 mln. 800 ming so‘mni tashkil qiladi.
Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlashda yordam maqsadida ajratiladigan subsidiyalar quyidagi asbob-anjomlar uchundir:
· Motokultivatorlar;
· O‘t o‘rish o‘roq mashinalari;
· Perforatorlar;
· Payvandlash apparatlari;
· O‘simliklarga ishlov berish qurilmalari;
· Duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari;
· Kompyuter jamlanmasi va boshqalar.
Subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
➖ Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza(yaʼni, kam taʼminlanganlik yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi tashkilot rahbari);
➖ tadbirkorlik subyekti guvohnomasi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (yaʼni, QR-kod);
➖ asbob-uskuna, mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi.
Maʼlumot uchun, “Yoshlar daftari”ga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
• Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar;
• Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar;
• Psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar;
• Ishsiz yoshlar;
Avvalroq hunarmandlarga imtiyozli kreditlar berilishi hamda O‘zbekistondan xorijga ketadigan muhojirlarga 1000 AQSH dollar ekvivalentida kreditlar ajratilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


