1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

AQSH va Xitoy muzokaralarga kuzatuvchi sifatida jalb etildi.

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Tailand va Kambodja 28-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan boshlab hech qanday shartlarsiz o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Bu haqida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning bayonotiga asoslanib, CNN xabar berdi. Kelishuv Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi — ASEAN raisi sifatida Malayziya vositachiligida tuzildi.

 

Muzokaralar Malayziya poytaxti Kuala Lumpur yaqinidagi Putrajaya shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Kambodja Bosh vaziri Xun Manet va Tailand muvaqqat Bosh vaziri Phumtam Vechayachay ishtirok etdi. Kelishuvga ko‘ra, 29-iyul kuni ikki davlat harbiy qo‘mondonlari alohida uchrashuv o‘tkazadi.

 

Kambodja hukumati Tailand tomonidan ikki alohida hududga zarba berilganini bildirgan, Tailand armiyasi esa 28-iyul kuni ertalab uchta provinsiyada to‘qnashuvlar bo‘lganini tasdiqlagan. Hozirgacha 35 kishi halok bo‘lgani, 200 dan ortiq odam jarohat olgani aytilmoqda. Bu mojarolar ikki davlat o‘rtasida yillar davomida davom etib kelmoqda.

 

Qo‘shma Shtatlar va Xitoy muzokaralarga kuzatuvchi sifatida jalb etildi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 28-iyul kuni muzokaralarda ishtirok etganini tasdiqladi. Prezident Donald Tramp esa 26-iyul kuni agar qonli mojarolar davom etsa, ikki davlat bilan savdo bitimlari to‘xtatilishini ogohlantirib o‘tgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика