1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Talabalar kontrakt pulini QR-kodli to‘lov-shartnomalari orqali to‘laydi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, 2021/2022 o‘quv yilidan talabalarning QR-kodli to‘lov-shartnomalarini shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Talabalar kontrakt pulini QR-kodli to‘lov-shartnomalari orqali to‘laydi

 

 

Unga ko‘ra, endilikda talabalar va ularning ota-onalari imtyozli taʼlim kreditlarini yurtimizning istalgan hududi (belgilangan tijoriy banklari)dan olish huquqiga ega. Banklar to‘lov shartnomasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilishi uchun vazirlik Markaziy bank hamda Moliya vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatdi. 

 

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Ular o‘zlarining profillari orqali shartnomalari uchun buyurtma berish hamda ularni onlayn olishi mumkin. Taqdim etilgan to‘lov-shartnoma mablag‘lari monitoringi nazorat qilinadi.

 

Shuningdek, talabalarning diplom maʼlumotlarini raqamlashtirish ham  belgilandi. Oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilariga shtrix-kod yordamida onlayn autentifikatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan diplom va sertifikatlar berish axborot tizimlari ham joriy etildi. 2019/2020 o‘quv yilida bakalavr va magistratura bitiruvchilariga  QR-kodli diplomlar berilgan. Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilariga esa 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab amal qiladi.

 

Bitiruvchilarning ishga joylashishida diplom maʼlumotlari elektron ko‘rinishda taqdim etiladi. Bu, o‘z navbatida, diplomlarni soxtalashtirishning oldini oladi. Bu jarayon 2022 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llanila boylaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi o‘quv yili qanday boshlanishi hamda ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratilgani xabar qilingandi.

 

 

Akram Xamraqulov 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика