
Joriy yilning 29 avgust kuni soat 23:00 larda Olmazor tumanida joylashgan “Mineral suvlar” blok-postida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX YPX inspektorlari tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan “Spark” rusumli, davlat raqami 01 E 135 TA bo‘lgan avtoulov to‘xtatilib, tekshiriladi. 1972 yilda tug‘ilgan, I.K. boshqaruvidagi ushbu avtomashina saloni torpedkasidan qora selofanga o‘ralgan, 2 dona 20 grammlik shprisga to‘ldirilgan, taqiqlangan, och jigar rangli suyuqlik moddasi topilib, xolis guvohlar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi I.K. Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 avgustdan 26 avgustga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 3 ta holatda giyohvandlik moddasi va psixotrop dori vositalari olib yurilishi aniqlangani hamda psixotrop dori vositalari egasiga yetib bormagani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


