"Tashabbusli byudjet" jarayonining 2024 yilgi ikkinchi mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunda:
-
Loyihalar kiritish: 6 − 26 iyul;
-
Loyihalarni saralash: 26 iyul – 15 avgust;
-
Targ‘ibot qilish: 15 avgust – 22 avgust;
-
Ovoz berish: 22 avgust – 1 sentyabr sanalari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 trillion 360 million so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, "Tashabbusli byudjet"ning 2024 yil birinchi mavsumiga 3,39 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgandi.


