1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tayvan mudofaa vazirligi amaldori jonsiz holatda topildi

Hodisa Xitoy bilan munosabatlar keskinlashgan bir paytda sodir bo‘lgan.

Tayvan mudofaa vazirligi amaldori jonsiz holatda topildi

 

Tayvan mudofaa vazirligi tadqiqotlar va ixtirolar bo‘limi xodimi mehmonxonada o‘lik holda topildi. Bu haqda Reuters  xabar berdi.

 

Agentlik xabariga ko‘ra, 6 avgust kuni tongda, Tayvan janubidagi mehmonxonalardan birida Chun Shan fan va texnologiyalar milliy instituti rahbari o‘rinbosari Ou Yan Li-sin jasadi topilgan. Hokimiyat uning o‘limi sabablarini aniqlashtirmoqda.

 

Ou Yan janubdagi Pindun okrugida xizmat safarida bo‘lgan. U 2022 yilda lavozimiga tayinlangan, raketalar ishlab chiqarish loyihasini nazorat qilgan.

 

Chun Shan fan va texnologiyalar milliy instituti raketalar ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan shug‘ullangan. Reuters maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ularning soni 500ga yetdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2 avgustda AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi. Shundan keyin Xitoy orol atrofida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlashini eʼlon qildi. Hozirda Tayvan atrofidagi olti nuqtada o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика