Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Rojdestvo va Yangi yil bayramlarini iloji boricha bekor qilishga chaqirdi. Tedros Gebreyesus odamlarni Omicron' shtammining tarqalishi fonida sayohatlardan qochishni tavsiya qildi, deb yozadi BBC.
“Bekor qilingan bayram bekor qilingan hayotdan yaxshiroqdir. Biz hammamiz bu pandemiyadan charchadik. Hammamiz normal hayotga qaytishni xohlaymiz. Bu tadbirlarni bekor qilish yoki keyinga qoldirish o'zimizni va boshqalarni himoya qilish uchun qabul qilinishi kerak. Hozir bayramni nishonlash va keyin motam tutgandan ko'ra, hozir bekor qilib, keyinroq nishonlash yaxshiroqdir”, deydi tashkilot rahbari.
JSST rahbari, shuningdek, 2022 yilda pandemiyaga har bir mamlakatda yil o‘rtasiga qadar aholining kamida 70 foizini emlash yo‘li bilan barham berish kerakligini aytdi. Gebreyesus omicron' shtammi deltaga qaraganda tezroq tarqalishi va emlangan va COVID-19 dan tuzalib ketganlarga ta'sir qilishi haqida dalillar borligini aytdi.
Niderlandiya Rojdestvoni kutmasdan qattiq cheklov joriy qildi. Fransiya va Germaniya COVID' cheklovlarini kuchaytirdilar. London meri markaziy maydondagi bayramlarni "xavfsizlik manfaati uchun" bekor qildi, Boris Jonson hukumati hali qattiq choralar ko'rishga qaror qilgani yo'q.
Avvalroq, JSST CovavaxTM' deb nomlangan vaksinani favqulodda foydalanish uchun tasdiqlagan edi.
Nasiba To'xtayeva


