Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan “Ko‘mir taʼminot” MCHJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda MCHJning Surxondaryo viloyati filiali sobiq boshlig‘i S.E. va ombor mudiri M.X.lar rasmiy hujjatlarga bila turib soxta maʼlumotlar kiritish yo‘li bilan aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyoji uchun ajratilgan 85,2 tonna ko‘mir mahsulotini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, 447 ta shirkatda 163 ta 12,9 milliard so‘m miqdoridagi qonunbuzarlik holati aniqlangani haмdа Samarqandda bog‘chadan go‘shtni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


