Termizda “Tolibon” bilan muzokaralar boshlandi

Uchrashuv to‘g‘risida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 7 oktyabr kuni Afg‘onistonga tashrifi paytida kelishuvga erishilgan edi.

Termizda “Tolibon” bilan muzokaralar boshlandi

 

 

Afg‘oniston tomonidan  bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari Abdusalom Xanafiy muzokara o‘tkazadi.  O‘zbekiston tarafidan esa Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov delegatsiyaga boshchilik qilmoqda.

 

Katta ehtimol bilan savdo-iqtisodiy, jumladan, “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish tarmoqlari va “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l qurish loyihalarini amalga oshirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

 

Bundan avval AQSH Kobuldagi aviazarbadan halok bo‘lganlar oilasiga kompensatsiya taklif qilgani hamda Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ajratgan gumanitar yordami yetib kelgani xabar qilingandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика