Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ajratgan gumanitar yordami yetib keldi

Termizga BMTning Afg‘oniston uchun gumanitar yordam ortilgan samolyoti keldi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.

Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ajratgan gumanitar yordami yetib keldi

 

 

Bugun mahalliy vaqt bilan 11:20 da Termiz aeroportiga Il-76 samolyoti qo‘ngan. Uning bortida birinchi zarurat buyumlari mavjud. Termizda tashkil etilgan logistika markazi orqali gumanitar yordam Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natilishi rejalashtirilgan.

 

13-oktabr kuni BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy Komissari Termiz orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib berilishini maʼlum qilgandi.

 

Shuningdek, 15-17 oktabr kunlari Dubaydan Afg‘oniston uchun belgilangan gumanitar yordamning navbatdagi partiyasi ham olib kelinadi. Maʼlumotlarga ko‘ra,oktabr oyi boshlaridan buyon qo‘shni respublikaga Termizdan temiryo‘l orqali 40 vagon oziq-ovqat yetkazib berilgan.

 

Avvalroq Afg‘onistonning SHHTdagi ishtiroki haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Pentagon kuchlarini respublika hududiga joylashtirmoqchi emasligi maʼlum bo‘lgandi. 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика