“Cloudflare” tadqiqotlariga ko‘ra, Tik-Tok 2021-yilda dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan resursga aylandi.
Tik-Tok ijtimoiy tarmog‘i o‘z tashabbusi bilan 2020-yil yetakchisi Googleni ortda qoldirdi, — deb yozadi “Wall Street Journal Cloudflare” .
Kompaniyaning yillik hisobotida qisqa videolarni ko‘rish va yaratish platformasi birinchi bo‘lib joriy yilning fevral oyida yuqoriladi va avgust oyidan yetakchilik qila boshladi.
Joriy yilda ikkinchi o‘rinni egallagan yirik platformalar ro‘yxatida Google keyin esa Facebook ijtimoiy tarmog‘i turibdi.
Maʼlumot uchun: Tik-Tok Xitoyning “ByteDance” kompaniyasiga tegishli qisqa videolarni yaratish va ko‘riga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, 2018-yilda paydo bo‘lgan. Hozirda u Xitoyda qisqa video ilovalar segmentida yetakchiga aylandi va butun dunyoda mashhurlikka erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tik-Tok platformasi “dostavka” xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchiligi hamda Ukrainada dunyodagi birinchi Tik-Tok fakulteti ochilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


