1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistonda afg‘onistonlik qochqinlar ommaviy deportatsiya qilinmoqda

Deportatsiya choralari yashash ruxsatnomasi va immigratsiya jarayonidagilarni ham qamrab olmoqda.

Tojikistonda afg‘onistonlik qochqinlar ommaviy deportatsiya qilinmoqda

Ma'lum qilinishicha, Tojikiston hukumati mamlakatda vaqtincha yashayotgan afg‘onistonlik qochqinlarga 15 kun ichida mamlakat hududini tark etishlarini buyurdi. Mazkur qaror nafaqat ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar, balki hali immigratsiya arizasi ko‘rib chiqilayotganlarni ham qamrab olgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Tojikiston xavfsizlik kuchlari har kuni o‘nlab afg‘on fuqarolarini, asosan erkaklarni ish joylaridan olib ketmoqda. Ularning oila a’zolari bu holatdan bexabar qolayotgan holatlar ham qayd etilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda hozirda 13 mingdan ortiq afg‘onistonlik istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati — 2021-yilda "Tolibon" hokimiyatga kelganidan so‘ng mamlakatni tark etgan sobiq amaldorlar va harbiylar hisoblanadi.

 

Ta'kidlashicha, Tojikiston tomonidan qochqinlarni ommaviy chiqarish harakati mintaqadagi umumiy yo‘nalishga mos bo‘lib, Eron va Pokiston ham shunga o‘xshash choralarni ko‘rmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика