“Tolibon” Afg‘onistondagi ISHID terrorchilari haqida maʼlumot berdi

“Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ISHID jangarilari soni ko‘p emas. Bu haqda u “Ria Novosti”ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Tolibon” Afg‘onistondagi ISHID terrorchilari haqida maʼlumot berdi

 

 

Mujohid hozirda toliblar ISHID jangarilarini to‘liq yo‘q qilishga harakat qilayotganini aytgan. “O‘tgan yillar davomida biz terrorchilarning sonini Kobul va Jalolobodda kamaytirishga muvaffaq bo‘ldik. ISHID jangarilari bor, ammo ularning soni ko‘p emas. Biz tezkor razvedka tadbirlari orqali jangarilarni topib, qamoqqa olyapmiz”, – degan harakat rasmiy vakili.

 

ISHID hozirda Afg‘oniston barqarorligiga asosiy to‘siq sifatida ko‘rilmoqda. 26 sentyabr kuni Kobul xalqaro aeroportida uyushtirilgan teraktga, aynan, shu terrorchi guruh javobgarlikni zimmasiga oldi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. Shundan keyin 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilgani eʼlon qilindi.

 

Bundan avval “Tolibon” Rossiyadan narkotrafikka qarshi kurashda yordam so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика