1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” hukumati BMTga qo‘shilish istagini bildirdi

“Tolibon" vakillari BMTga murojaat bilan chiqdi. “Tolibon” hukumati BMT Bosh Assambleyasi majlisida qatnashish istagini bildirgan.

“Tolibon” hukumati BMTga qo‘shilish istagini bildirdi

 

 

Toliblar Muhammad Suhayl Shaxinni Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakiliga nomzod sifatida ko‘rsatgan. Tashkilot bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik 20-sentabr kuni BMTga shu mazmunda xat kelganini maʼlum qildi.

 

Xat tashqi ishlar vaziri Amirxon  Mutaqqiy nomidan jo‘natilgan. Unda BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida qatnashish so‘ralgan. Shuningdek, 15 avgust kuni Ashraf G‘ani isteʼfoga chiqqani va u endi Afg‘oniston Prezidenti emasligi qayd qilingan.

 

“Maktubda Afg‘onistonning BMTdagi vakili bundan buyon mamlakat nomidan ish olib bormasligi aytilgan. Muhammad Suhayl Shaxin yangi doimiy vakil etib ko‘rsatilgan”, – degan Dyujarrik.

 

Shu bilan birga 15-sentyabr kuni Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Isʼhoqzay nomidan ham xat kelgan.  Shundan keyin Isʼhoqzay Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari etib ro‘yxatga olingan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15-avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31-avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher edi. Ammo 6-sentabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi. Shundan keyin 7-sentabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilgani eʼlon qilindi.

 

Bundan avval Afg‘oniston diplomatlari taqdiri nomaʼlumligicha qolayotgani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика