1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Tolibon” jangchilariga selfi qilish va oq krossovka kiyishni taqiqladi

Afg‘onistonning yangi mudofaa vaziri Mavlaviy Yoqub “Tolibon” jangchilariga selfi qilish va oq krossovka kiyishni taqiqladi, deb yozadi “The Wall Street  Journal.”

“Tolibon” jangchilariga selfi qilish va oq krossovka kiyishni taqiqladi

 

 

Taʼkidlanishicha, bunday taqiqlarga ko‘plab toliblar Kobul bosib olingandan so‘ng, g‘alabani nishonlash vaqtida ommaviy suratga tusha boshlagani sabab bo‘lgan.

 

Mudofaa vazirining aytishicha, selfilar “Tolibon” rasmiylari xavfsizligiga tahdid soladi va "shahidlarimiz qoni bilan olingan" maqomga putur etkazadi.

 

Yoqubning so‘zlariga ko‘ra, oq krossovkalar — g‘arb modasi hisoblanadi.

 

Bundan avvalroq “Tolibon” jangarilariga soqol olish taqiqlangani, “Tolibon” Pokiston yadro qurollarini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика