
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi ortidan toliblar Pokiston yadro quroliga egalik qilishi mumkin. "Afg‘onistonni nazorat qilayotgan harakat Pokistonni ham egallashi mumkin. Bu 150 ga yaqin yadro quroli "Tolibon" qo‘liga o‘tib ketishini anglatadi", — degan siyosatchi.
Jon Bolton 2018-2019 yillarda sobiq prezident Tramp adminstratsiyasida ishlagan. U bundan oldin Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarining olib chiqilishini tanqid qilgandi. Bolton o‘shanda Baydenning AQSH tashqi siyosatini nazorat qilishini shubha ostiga olgan.
Maʼlumot o‘rnida: Joriy yilning 15-avgust kuni "Tolibon" Kobul shahrini jangsiz egalladi. Vashington 2021-yil avgust oyi oxirida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan butunlay olib chiqib ketgandi.
Avvalroq Afg‘oniston Tojikistondan ichki ishlarga aralashmaslikni talab qilgandi. Shuningdek, yuzlab afg'onistonlik jurnalistlar evakuatsiya qilinmay qolib ketgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


