
Mamlakatning hozirgi hokimiyati olti oy ichida saylov o‘tkazishi kutilmoqda. Ungacha “Tolibon”ning shu yil 7-sentabr kuni eʼlon qilgan o‘tish davri hukumati faoliyat yuritadi.
Afg‘oniston aholisining bir qismi “Tolibon” hokimiyatni monopollashtirdi, deb hisoblaydi. Chunki ayni paytda hukumat aʼzolarining barchasi “Tolibon” rasmiylaridan iborat va ular orasida birorta ham ayol yo‘q. Bu, jamoatchilik fikricha, “Tolibon”ning inklyuziv boshqaruv tuzish haqidagi vaʼdalariga mos tushmaydi.
“Tolibon” muvaqqat hukumati shu shakl va sharoitda ikki yilgacha ishlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz,“Tolibon”ning ichida o‘zaro nizolar mavjudligi, bu esa Afg‘onistondagi vaziyatni yana-da keskinlashtirishi mumkinligi xususida fikr bildirilgan edi.
Nasiba To‘xtayeva


