
Stanekzay Butunjahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bisli bilan muzokara o‘tkazgan. U BMTdan Afg‘oniston uchun oziq-ovqat va insonparvarlik yordami so‘ragan.
“Tomonlar, shuningdek, mamalakat oldida turgan dolzarb muammolarni muhokama qildi, Afg‘onistondagi qashshoq fuqarolariga darhol yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi”, — degan Muhammad Naim.
“Tolibon” vakilining qo‘shimcha qilishicha, harakat Bisliga xavfsizlikni taʼminlashga vaʼda bergan. Siyosiy ofis BMTga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Afg‘oniston jiddiy gumanitar halokat yoqasida turgani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo‘ziyev


