“Tolibon” xizmat vazifasini suisteʼmol qilgan 200 kishini o‘z safidan chiqarib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Oktabr oyida “Tolibon” maxsus komissiya tuzgan edi. Bu komissiya davlat xizmatiga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan amaldorlarni ishdan bo‘shatish bilan shug‘ullanadi. Tashkilotga mudofaa, ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi vakillari kiritilgan.
Ushbu komissiyadagi manbalardan biri shu kunga qadar 200 kishi egallab turgan lavozimidan ozod qilinganini maʼlum qilgan. Shuningdek, ushbu jarayon davom etayotgani taʼkidlangan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, bo‘shatilgan 200 kishi o‘z xizmat vazifasini suisteʼmol qilgan va “Tolibon” nomidan shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalangan. Bundan tashqari, ushbu qo‘mita ish boshlagandan keyin shaharlarda boshqaruv yaxshilangani qayd etilgan.
Bundan avval "Tolibon" Eron bilan taʼlim sohasida hamkorlik qilmoqchi ekani hamda Afg‘oniston Xitoy bilan savdosini tiklagani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


