1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon” toshqinlar tufayli xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi

Tabiiy ofatlar 3 ming uyni vayron qilgan.

“Tolibon” toshqinlar tufayli xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi

 

Afg‘onistonning ayrim viloyatlari suv toshqinlaridan jiddiy zarar ko‘rdi. “Tolibon” hukumati jahon hamjamiyatidan yordam so‘rab chiqqan.

 

“Biz xalqaro hamjamiyatdan, ayniqsa, musulmon mamlakatlaridan, gumanitar va xayriya tashkilotlaridan yaqinda yuz bergan suv toshqinlaridan aziyat chekkan insonlarga yordam berishni va ushbu vaziyatda hamkorlikdan voz kechmaslikni so‘raymiz”, – deyiladi hukumat bayonotida.

 

Toshqinlar oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan. 65 kishi jarohatlangan. 3 ming uy vayron bo‘lgan. Hukumat barcha masʼul tashkilotlarning aholiga yordam ko‘rsatishga topshiriq bergan.

 

Avvalroq Hindistonda 50 kishi suv toshqini qurboniga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика