
“Afg‘onistondagi ayrim hodisalar bizni tashvishga soldi, chunki bu ortga qadam tashlash bilan barobar. Biz toliblarga islom mamlakatlari ayrim qonunlarni amalga oshirishi, xususan, ayollar huquqi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilyapmiz”, — degan al-Tani.
U “Tolibon”ni sobiq hukumat davrida erishilgan ayrim yutuqlarni saqlab qolishga chaqirdi. Shuningdek, milliy yarashuv bo‘yicha muloqot boshlash zarurligini taʼkidlagan.
Maʼlumot o‘rnida: Qatar “Tolibon”ning eng ishonchli hamkorlaridan biri. Harakatning siyosiy ofisi aynan shu yerda joylashgan. Qatar ko‘plab sohada, xususan, Kobul aeroportini boshqarishda toliblarga yordam bermoqda.
Avvalroq “Tolibon” sobiq hukumat tiklanmasligini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Ahmad Masʼud Rossiya bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


