1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Tolibon”ning tan olinishi, moliyaviy manbalar va “Axloq politsiyasi” — Zabihullo Mujohid “TASS”ga intervyu berdi

“Tolibon” harakati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid “TASS” agentligiga intervyu berdi. Unda harakatning tan olinishi, moliyaviy manbalari va “Axloq politsiyasi” xususida so‘z boradi.

“Tolibon”ning tan olinishi, moliyaviy manbalar va “Axloq politsiyasi” — Zabihullo Mujohid “TASS”ga intervyu berdi

 

 

Rossiya va boshqa davlatlar bilan aloqalar

 

“Biz barcha davlatlar bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilyapmiz. Birinchi navbatda, gap diplomatik munosabatlar haqida ketmoqda. Rossiya bilan muzokara olib borilyapti, eng asosiy masala – bizning tan olinishimiz hamda elchixonalar ochilishi”, – degan Mujohid.

 

Elchixonalar haqida gapirar ekan, hozirda eng muhimi Kobul va Moskvadagi diplomatik missiyalarning odatiy ish tartibda faoliyatini davom ettirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, kelajakda Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi almashtirilishi mumkinligi maʼlum qilindi.

 

Mujohid Rossiyaning muhim iqtisodiy hamkor bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi.

 

“Biz iqtisodiy yordamni olqishlaymiz va moliyaviy yordamga umid bildiramiz”, deb aytib o‘tgan u.

 

“Tolibon”ning moliyaviy manbalari  

 

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, boj va soliqlar toliblarning asosiy moliyaviy manbayi hisoblanadi. Shuningdek, kelajakda foydali qazilmalardan ham daromad olinishi mumkinligi qayd etildi.

 

“Axloq politsiyasi” faoliyati tiklanadi

 

Mujohid "Daavat ul-Irshod" nomli idora tuzilganini va u 90 yillarga nisbatan nozikroq harakat qilishini maʼlum  qildi. “Biz odamlarni din ko‘rsatmalariga amal qilib yashashga masjid minbarlaridan turib daʼvat qilamiz”, — degan harakat rasmiy vakili.

 

“Axloq politsiyasi” esa faqat davlat xizmatchilari va xavfsizlik xodimlari uchun ishlashi taʼkidlandi.

 

Bundan avval “Tolibon” va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar  hamda Afg‘onistonda urush ehtimoli saqlanib qolayotgani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика