1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

To‘qayev yangi iqtisodiy yo‘nalishni eʼlon qildi

Uning asosiy maqsadi ochiqlandi.

To‘qayev yangi iqtisodiy yo‘nalishni eʼlon qildi

 

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 1 sentyabr kuni xalqqa murojaati davomida Qozog‘istonning yangi iqtisodiy yo‘nalishini eʼlon qildi.

 

“Bizning iqtisodiy siyosatimizning asosiy maqsadi — fuqarolarimiz farovonligining sifatli va inklyuziv o‘sishidir. Yangi iqtisodiy yo‘nalishning ustuvor vazifalari: xususiy tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, yaʼni davlat kapitalizmidan voz kechish va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish, raqobatni rivojlantirish, yaʼni barchaga teng imkoniyatlarni yaratishdan iborat”, – degan u.

 

To‘qayevning fikricha, milliy boylikning adolatli taqsimlanishi ham muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda u hashamat solig‘ini joriy etishni taklif qilgan. Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qimmat ko‘chmas mulk obyektlari, transport vositalari  sotib olinganda hashamat solig‘i solinadi va bu o‘rta sinf vakillariga taalluqli bo‘lmaydi.

 

Avvalroq To‘qayev Qozog‘istonning yadro xavfsizligi tamoyiliga sodiqligini aytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика